Qandsiz diabet


Nefrogen qandsiz diabet — o`ta noodatiy holatning uzun nomi. Aksariyat kishilar qandli diabet bilan qandsizi bir-biriga o`xshash deb o`ylaydi. Aslida esa qandsiz diabetning yuzaga kelish sababi buyrakdagi muammolar hisoblanadi. Bu xastalik ham qandli diabet kabi surunkali dard bo`lsa-da, juda keng tarqalmagan. Xo`sh, biz bu xastalik haqida nimalarni bilamiz. Mavzu yuzasidan tibbiyot fanlari nomzodi, dosent, oliy toifali shifokor-endokrinolog Dilorom O`RINBOEVAga yuzlandik.

Kasallik haqida

Organizmda suv-tuz moddalari almashinuviga ta`sir qiluvchi gormonlar bir nechta. Ulardan biri bu — vazopressin (yoki antidiuretik gormon — ADG) bo`lib, bu gormon inson bosh miyasida joylashgan gipotalamus neyroendokrin bezidan ishlab chiqariladi va gipofiz bezida saqlanadi. Bu gormon ishlab chiqarilgach, buyraklar distal kanalchalarida joylashgan sezuvchan reseptorlar (ya`ni oqsillar) bilan bog`lanib, organizmda suvni ushlab qoladi. Shu bilan birga inson qonini suyultirish, arterial qon bosimni boshqarishda ishtirok etadi.


Nefrogen qandsiz diabet (buyrak shakli) – bu qandsiz diabetni bir turi hisoblanadi. Bu kasallikda vazopressin ishlab chiqarilaveradi, lekin u birikishi kerak bo`lgan buyraklardagi reseptorlar sezuvchanligi pasayadi. Natijada organizmdan suyuqlik ko`p chiqib keta boshlaydi (ya`ni peshobga chiqish tezlashadi) va inson tanasi suvsizlanadi.

Belgilari

  • Chanqoq;
  • Poliuriya (peshobning tez-tez va ko`p miqdorda ajarilishi);
  • Sababsiz charchoq;
  • Quvvatsizlik;
  • Mushaklardagi og`riq;
  • Peshobni ushlab turolmaslik;
  • Charchoq, og`iz qo`rishi, so`lakning kam ishlab chiqarilishi (peshob bilan birga azot va fosfor ajralishinatijasida);
  • Vaznning keskin ravishda kamayishi (semirish kamdan-kam holatlarda kuzatiladi);
  • nikturiya (kechasi peshobning yanada tezlashishi);
  • Asabiylik.

Sabablari

Kichik yoshdagi bolalarda diabetning bu turi nasliy moyillik sabab yuzaga keladi. Katta yoshli bemorlarda esa orttirilgan xastalik sanaladi. Buning sabablari asosan buyrak xastaliklaridir. Ularga gidronefroz, polikistoz, uropatiyalar, surunkali pielonefrit kiradi. Qonda kalsiy miqdorining oshishi (giperkalsemiya) va kaliyning kamayishi (gipokaliemiya) ham qandsiz diabet buyrak shakli rivojlanishiga olib keluvchi sabablardir. Juda kam hollarda qandsiz diabet buyrak shaklini oilaviy turlari uchrab turadi.


Davolash

Qandsiz diabetni davolash oson kechmasligi mumkin. Negaki, organizmda suv balansini ushlab turuvchi gormon ADGnibuyrakdagi reseptorlar qisman sezmay qoladi. Avvalo xastalikining sababi aniqlanadi. Kasallik ildizi davolanmagunga qadar, uning asorati sifatida yuzaga kelgan qandsiz diabetni to`xtatish amri mahol. Dori-darmonlarni qabul qilish bilan birga tarkibida tuz va oqsil moddalari kam bo`lgan oziq-ovqatlardan tashkil topgan parhezga rioya qilish foydali.

Qandsiz diabetni davolashning asosiy shartlaridan yana biri — organizmni kerakli miqdordagi suyuqlik bilan ta`minlash. Organizmda elektrolit disbalans yuzaga kelmasligi uchun suyuqlik qabul qilishni tartib bilan amalga oshirish lozim. Ko`p miqdorda suv ichishdan tashqari turli xil mevalar va polivitaminlar qabul qilish tavsiya etiladi. Va albatta, agar farzandingiz yoki yaqinlaringizda yuqorida ko`rsatilgan belgilar paydo bo`lsa, darhol kechiktirmay nefrolog va endokrinolog ko`rigiga borishni unutmang! Kasallik qancha erta aniqlansa, uning davolash osonroq kechadi.

Dilnoza MIRTOLIPOVA

Manba: “SUGDIYONA gazetasi


Источник: darakchi.uz

Qandsiz diabet — neyroendokrin kasallik; asosan, gipotalamus va gipofiz funksiyasining buzilishidan kelib chiqadi. Kasallik 17-asrda aniqlangan, ammo, qandli diabetdan farqlay olmaganliklari sababli, unga alohida dard sifatida qarashmagan. Qandsiz diabet birinchi boʻlib ingliz olimi Tomas Uillis tomonidan aniqlandi (1674 yil). U Qandsiz diabetga chalingan bemorlar siydigini tekshirib, qandli diabetdan farqli ravishda ularning siydigi tarkibida qand moddasini topmagan va bu kasallikni qandsiz diabet deb atagan. Kasallik, asosan, yosh erkak va ayollarda, qisman bolalarda ham kuzatiladi. Qandsiz diabetga xos alomatlar toʻsatdan boshlanadi, bemor koʻp siyadi (poliuriya), juda chanqaydi va koʻp suyuklik ichadi (polidipsiya), ogʻzi quriydi. Kasallikning bu belgilari tez orada zoʻrayadi, bemor bezovtalanadi, asabiylashadi. Dard avjiga chiqqan davrda 1 kunda ajraladigan siydik miqsori nihoyatda oshib ketishi mumkin. Bolalarda bu kasallik kechasi siyib qoʻyish (enurez) bilan boshlanadi. Tez orada bemor ancha ozadi, organizmida minerallar almashinuvi buzilishi natijasida terisi quruqshab qoladi, sochlari sinuvchan, teztez toʻkiladigan, tirnoqlari moʻrt va uvalanadigan boʻlib qoladi. Koʻp miqdorda suv ichish ovqat hazm qilish tizimiga noxush taʼsir koʻrsatadi. Meʼdaning hazm fermentlari ishlab chiqarish faoliyati izdan chiqib, surunkali gastrit, oʻt pufagi sekretor faoliyati buzilishi, ingichka va yoʻgʻon ichaklar harakatining izdan chiqishi, shilliq qavatlarga putur yetishi, doimiy qabziyat va boshqalar kelib chiqadi.
ddan ziyod koʻp suv ichish meʼda’ devorining choʻzilib, hajmi kattalashishiga va meʼdaning pastga tushishiga olib keladi, bu meʼda atrofidagi aʼzolar faoliyatiga ham taʼsir qiladi. Ayollarda hayz koʻrishning buzilishiga, erkaklarda jinsiy maylning susayishiga, bolalarda esa oʻsish va rivojlanishdan orqada qolish, jinsiy va jismoniy rivojlanishning kechikishi kabi holatlarga olib keladi. Kasallik uzoq davom etadi, koʻpincha uning rivojlanishi bosh miya jarohati va undagi jarrohlik amaliyotlaridan soʻng , bakterial meningit, virusli ensefalit, zaxm, bosh miya oʻsmalari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Kasallikka bemorning shikoyatlari, siydik tahlili, nevrologik, oftalmologik, rentgenologik va gipofizning kompyuter va magnitrezonansli tomografiya natijalariga asoslangan holda diagnoz qoʻyiladi. Odsini olish uchun kasallikning birinchi belgilari boshlanishi bilan endokrinologga murojaat etish va uning koʻrsatmalariga qatʼiy rioya qilish lozim. Kasallik oʻz vaqtida davolansa, bemor butunlay sogayib ketishi mumkin.


Источник: www.gpedia.com

Qandsiz diabet — neyroendokrin kasallik; asosan, gipotalamus va gipofiz funksiyasining buzilishidan kelib chiqadi. Kasallik 17-asrda aniqlangan, ammo, qandli diabetdan farqlay olmaganliklari sababli, unga alohida dard sifatida qarashmagan. Qandsiz diabet birinchi boʻlib ingliz olimi Tomas Uillis tomonidan aniqlandi (1674 yil). U Qandsiz diabetga chalingan bemorlar siydigini tekshirib, qandli diabetdan farqli ravishda ularning siydigi tarkibida qand moddasini topmagan va bu kasallikni qandsiz diabet deb atagan. Kasallik, asosan, yosh erkak va ayollarda, qisman bolalarda ham kuzatiladi. Qandsiz diabetga xos alomatlar toʻsatdan boshlanadi, bemor koʻp siyadi (poliuriya), juda chanqaydi va koʻp suyuklik ichadi (polidipsiya), ogʻzi quriydi. Kasallikning bu belgilari tez orada zoʻrayadi, bemor bezovtalanadi, asabiylashadi. Dard avjiga chiqqan davrda 1 kunda ajraladigan siydik miqsori nihoyatda oshib ketishi mumkin.
lalarda bu kasallik kechasi siyib qoʻyish (enurez) bilan boshlanadi. Tez orada bemor ancha ozadi, organizmida minerallar almashinuvi buzilishi natijasida terisi quruqshab qoladi, sochlari sinuvchan, teztez toʻkiladigan, tirnoqlari moʻrt va uvalanadigan boʻlib qoladi. Koʻp miqdorda suv ichish ovqat hazm qilish tizimiga noxush taʼsir koʻrsatadi. Meʼdaning hazm fermentlari ishlab chiqarish faoliyati izdan chiqib, surunkali gastrit, oʻt pufagi sekretor faoliyati buzilishi, ingichka va yoʻgʻon ichaklar harakatining izdan chiqishi, shilliq qavatlarga putur yetishi, doimiy qabziyat va boshqalar kelib chiqadi. Haddan ziyod koʻp suv ichish meʼda’ devorining choʻzilib, hajmi kattalashishiga va meʼdaning pastga tushishiga olib keladi, bu meʼda atrofidagi aʼzolar faoliyatiga ham taʼsir qiladi. Ayollarda hayz koʻrishning buzilishiga, erkaklarda jinsiy maylning susayishiga, bolalarda esa oʻsish va rivojlanishdan orqada qolish, jinsiy va jismoniy rivojlanishning kechikishi kabi holatlarga olib keladi. Kasallik uzoq davom etadi, koʻpincha uning rivojlanishi bosh miya jarohati va undagi jarrohlik amaliyotlaridan soʻng , bakterial meningit, virusli ensefalit, zaxm, bosh miya oʻsmalari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Kasallikka bemorning shikoyatlari, siydik tahlili, nevrologik, oftalmologik, rentgenologik va gipofizning kompyuter va magnitrezonansli tomografiya natijalariga asoslangan holda diagnoz qoʻyiladi. Odsini olish uchun kasallikning birinchi belgilari boshlanishi bilan endokrinologga murojaat etish va uning koʻrsatmalariga qatʼiy rioya qilish lozim. Kasallik oʻz vaqtida davolansa, bemor butunlay sogayib ketishi mumkin.


Источник: uz.wikipedia.org


Leave a Comment

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.